Dunyoning eng yaxshi shifoxonalari reytingi eʼlon qilindi
Amerikaning Newsweek jurnali Statista bilan birgalikda dunyodagi eng yaxshi shifoxonalarning yillik roʻyxatini eʼlon qildi.
Kasal boʻlib, davolanishga muhtoj boʻlganimizda, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish har doim asosiy masalalardan biridir. Oxirgi besh yil davomida Newsweyek dunyoning eng yaxshi kasalxonalari reytingini aniqlash uchun Statistabilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Reyting ustida ishlash jarayonida 28 ta davlatdagi 2300 ta kasalxonadagi vaziyat oʻrganilib, eng yaxshi 250 ta kasalxona roʻyxati tuzildi. Shuningdek, roʻyxat innovatsiyalar, xizmat koʻrsatish standartlari va tadqiqotlar kabi koʻrsatkichlar boʻyicha taqqoslangan ixtisoslashgan shifoxonalarni oʻz ichiga oldi. Mamlakatlar turmush darajasi, oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi, aholi soni, shifoxonalar soni va maʼlumotlar mavjudligi kabi maʼlum omillar asosida tanlangan. Bundan tashqari, natijalarda gigiyena koʻrsatkichlari kabi sifat koʻrsatkichlari hisobga olingan.
Onlayn soʻrovda 80 000 dan ortiq tibbiyot mutaxassislari ishtirok etdi va bemorlarning fikr-mulohazalari ham inobatga olindi.
Newsweek maʼlumotlariga koʻra, “Dunyoning eng yaxshi shifoxonalari doimiy ravishda eng yaxshi mutaxassislarni jalb qiladi va bemorlarga eng yaxshi natijalarini taqdim etadi. Eng muhim yangi davolash usullarini tatbiq etib, tadqiqotlarni olib boradi”.
Qaysi Yevropa davlatlari kuchli 10 talikka kiradi?
Tadqiqotga koʻra, qitʼadagi eng yaxshi shifoxonalar Shvetsiya, Germaniya va Fransiyada.
Qaysi davlatda eng yaxshi shifoxonalar bor?
Roʻyxat bilan tanishib, maʼlumotlarga ega boʻlishingiz mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring