Dunyodagi eng chuqur gʻor Boysunda ekani taxmin qilinmoqda
Foto: Xalq so‘zi
Ayni paytda Boysun tumanidagi Boybuloq, Vishnevskiy, Xoʻja Gʻur-Gʻur ota gʻorlari rossiyalik maxsus ekspeditsiya tomonidan oʻrganilmoqda. Gʻorshunoslar Choʻlbayir togʻ tizmasidagi Boybuloq va Vishnevskiy gʻorlarini tadqiq etib, bu ikki gʻorning tutashgan qismini izlab topishmoqchi.

Boybuloq gʻori tuman markazidan 65 kmuzoqlikda joylagan. Togʻli hududdagi Dehibolo qishlogʻidan ogʻir togʻ yoʻli orqali 6-7 soatda yetib boriladi.
Ekspeditsiya rahbari Vadim Loginovning qayd etishicha, Boybuloq va Vishnevskiy gʻorlari tutashgan boʻlishi mumkin. Oradagi masofa atigi 70 metr chamasi. Boybuloq gʻorining aniqlangan gʻor yoʻllari 8 kmni , chuqurligi esa 1238 metrni Vishnevskiy gʻorining aniqlangan gʻor yoʻllari 14 kmni, chuqurligi esa 1430 metrni tashkil etmoqda.
Hozirda dunyoda Gruziyadagi Krubera gʻori eng chuqur gʻor hisoblanadi. Uning chuqurligi 2196 metrni tashkil etadi. Agar gʻorshunoslarning taxminlari haqiqat boʻlib chiqsa, Boysundagi “Qorongʻi yulduz” deya nomlangan ushbu gʻor dunyodagi eng chuquri boʻlishi mumkin.
Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring