Dunyoda neftni qayta ishlash borasida yetakchi oʻzgarishi mumkin — “Bloomberg”

22:10 23 Noyabr 2020 Dunyo
696 0

Fotо: Getty Images

Keyingi yil Xitoy dunyodagi eng yirik neftni qayta ishlaydigan mamlakatga aylanadi. Bu haqda tahlilchilarning xulosalariga tayangan holda “Bloomberg” xabar bermoqda.

Taʼkidlanishicha, AQSH va Yevropadagi neftni qayta ishlash zavodlari pandemiya sabab kelib chiqqan chuqur iqtisodiy inqiroz oqibatlari bilan kurashayotgan bir paytda Xitoyda tiklanish jarayoni tezlashib bormoqda.

Bundan tashqari, AQSH va Yevropa mamlakatlarining iqtisodiyoti asta-sekinlik bilan anʼanaviy yoqilgʻidan foydalanishdan uzoqlashmoqda. Bu, oʻz navbatida, uzoq muddatli istiqbolda neftga boʻlgan talabning pasayishini koʻrsatishi mumkin.

Nashr AQSHning Luiziana shtatida joylashgan “Royal Dutch Shell” neftni qayta ishlash zavodining yopilishi haqidagi maʼlumotni ushbu xulosaga misol tariqasida keltirgan. Bu paytda esa Xitoy Chjeszyan viloyatida yangi neftni qayta ishlash zavodini foydalanishga topshirgan. Bu mamlakatdagi toʻrtta yangi neftni qayta ishlash zavodlaridan birinchisi, xolos.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер