Dunyoda koronavirusdan vafot etganlar 4 million nafardan oshdi
Jons Xopkins universitetining maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 190 million 426 ming nafardan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 million 089 ming nafardan ortigʻi vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:
- AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda 34,079 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
- Ikkinchi oʻrinda Hindiston (31,144 milliondan ortiq),
- uchinchi oʻrinda Braziliya (19,376 milliondan ortiq),
- toʻrtinchi oʻrinda Fransiya (5,929 milliondan ortiq),
- beshinchi oʻrinda esa Rossiya (5,884 milliondan ortiq).
Dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 3 milliard 621 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring