Dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 187 million nafarga yaqinlashdi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 186 million 638 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 4 million 035 mingdan ziyod kishi vafot etgan.
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 397 892 yangi holati aniqlandi. 7 176 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 187 million 244 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 million 038 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:
AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 33,506 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
- Ikkinchi oʻrinda Hindiston (30,874 milliondan ortiq),
- uchinchi oʻrinda Braziliya (19,069 milliondan ortiq),
- toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (5,808 milliondan ortiq),
- beshinchi oʻrinda esa Fransiya (5,698 milliondan ortiq).
Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 3 milliard 462 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring