Dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 163 million nafardan oshdi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 163 million 312 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 3 million 386 mingdan ziyod kishi vafot etgan.
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 515 104 yangi holati aniqlandi. 11 014 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (19.05.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 10:20 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 164 million 234 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 404 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:
AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 32,623 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
Ikkinchi oʻrinda Hindiston (25,228 milliondan ortiq),
uchinchi oʻrinda Braziliya (15,627 milliondan ortiq),
toʻrtinchi oʻrinda Fransiya (5,785 milliondan ortiq),
beshinchi oʻrinda esa Turkiya (5,127 milliondan ortiq).
JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 17 984, Hindistonda 263 533, Braziliyada 40 941, Fransiyada 2 970, Turkiyada esa 10 174 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 1 milliard 508 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring