Dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 107 million nafarga yaqinlashdi

11:20 10 Fevral 2021 Dunyo
944 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 106 million 125 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 320 mingdan ziyod kishi vafot etgan.

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 304 166 yangi holati aniqlandi, 8 021 nafar bemor vafot yetdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (10.02.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 09:22 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 106 million 902 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 340 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 26,746 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (10,847 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (9,524 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (3,998 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Buyuk Britaniya (3,959 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 91 412, Hindistonda 9 110, Braziliyada 26 845, Rossiyada 15 019, Buyuk Britaniyada esa 14 104 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер