Dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 103 millionga yaqinlashdi

11:29 03 Fevral 2021 Dunyo
711 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 102 million 942 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 232 mingdan ziyod kishi vafot etgan (2.02.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 16:48 holatiga koʻra). Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 349 263 yangi holati aniqlandi, 9 423 nafar bemor vafot yetdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (03.02.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 103 million 866 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 252 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 25,930 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (10,766 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (9,204 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (3,884 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Buyuk Britaniya (3,835 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 112 129, Hindistonda 8 635, Braziliyada 27 756, Rossiyada 16 643, Buyuk Britaniyada esa 18 607 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер