Dunyoda koronavirus. Turkiyada yana komendantlik soati va boshqa yangiliklar

23:36 18 May 2020 Dunyo
1228 0

— Jons Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 4,75 mln.dan oshib ketdi, 316 mingdan ziyod bemor vafot etgan, 1,75 mln.dan ziyod inson tuzalgan.

—AQSH JSST pandemiya boʻyicha maʼlumotlar almashish boʻyicha majburiyatlarini bajarmaganini maʼlum qildi. Qoʻshma Shtatlarda virusni yuqtirganlar soni qariyb 1,5 mln. kishi boʻlsa, shulardan 272 mingdan ortigʻi tuzalgan, 89 mingdan ziyodi vafot etgan.

— Italiyada ikki oy ichida birinchi marta oʻlimlar soni 100 tadan pastga tushdi. Umumiy qurbonlar soni 32 mingdan ziyod, tuzalganlar 127 mingdan ortiq boʻlsa, virusni yuqtirganlarning barchasi 225 mingdan oshib ketgan.

— Belgiyada cheklov qoidalarini yumshatishning ikkinchi bosqichi boshlandi. Muzeylar, xizmat koʻrsatish sohasidagi alohida korxonalar, sartaroshxonalar va goʻzallik salonlari, avtomobil turargohlarini nazorat qiluvchi kommunal xizmatlar ochildi.

— Berlin va Parij YEI iqtisodiyotini tiklash uchun umumiy hajmi 500 mlrd. yevroga ega boʻlgan jamgʻarma tuzishni taklif etdi.

— Turkiyada yana komendantlik soati joriy etiladi. U 23-maydan 26-mayga qadar davom etadi. Mamlakatda bemorlar soni 149 mingdan oshdi, 109 mingdan ziyodi tuzaldi, 4140 nafari vafot etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер