Dunyoda koronavirus. Xitoyda yirik kompaniyalar faoliyatini boshladi va boshqa yangiliklar

20:55 17 Aprel 2020 Dunyo
1223 0

- Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda infeksiyaga chalinganlarning umumiy soni 2,16 milliondan oshdi, 145,5 ming bemor vafot etdi, 548 ming nafari tuzaldi;

- Italiyada koronavirus bilan kasallangan soni 169 ming nafarga, qurbonlar soni 22 mingdan ziyodga yetdi, ;

- Ispaniyada qariyb 185 ming kishi virusni yuqtirgan, 19,3 ming bemor vafot etdi;

- oʻtgan sutkada AQSHda koronavirusdan 4,5 mingdan ziyod inson vafot etdi, mamlakatda hammasi boʻlib 671 mingdan ortiq kishi virusga chalingan, 33 ming odam hayotdan koʻz yumgan;

- Kanadada bir kunda rekord darajada — 1,7 ming kishi virusni yuqtirib oldi, virusga chalinganlar soni qariyb 31 ming, 1231 bemor hayotdan koʻz yumgan;

- Xitoydagi yirik kompaniyalar epidemiyaga qarshi muvaffaqiyati kurashdan soʻng oʻz faoliyatini boshladi;

-Uxandagi qurbonlar soni qayta sanoqdan soʻng 1,2 ming nafarga yetdi;

- Xitoyda oxirgi sutkada yangi tipdagi koronavirusni yuqtirish bilan bogʻliq 26 ta yangi holat aniqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер