Dunyoda koronavirus bilan zararlanganlar soni 67 million nafardan oshdi

14:50 08 Dekabr 2020 Dunyo
805 0

Dunyo boʻyicha tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 67 milliondan oshgan. Bu haqda Jons Xopkins universiteti maʼlumot bermoqda.

Universitet davlatlar tomonidan berib borilayotgan, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va boshqa ochiq manbalarning maʼlumotlarini tahlil qilib boradi.

Shu tariqa pandemiya boshlanganidan buyon dunyoda 67 004 543 kishi ushbu virusni yuqtirgan. 1 535 038 bemor infeksiya oqibatida vafot etgan. 43 million nafardan ortiq bemor sogʻaygan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер