Dunyoda koronavirus bilan kasallanish va oʻlim koʻrsatkichi choʻqqiga chiqdi — JSST
Dunyoda koronavirus bilan kasallanish va oʻlim holatlari yuqori darajaga chiqqan. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Gebreyesus aytib oʻtdi.
“Jahon miqyosida yangi holatlar va oʻlim koʻrsatkichida eng yuqori darajani koʻrmoqdamiz. Afsuski, bu juda yomon koʻrsatkichlar: oʻtgan hafta 5,4 milliondan ortiq yangi yuqtirish holati va 90 mingga yaqin oʻlim qayd etildi”, deydi Gebreyesus.
Aprel oyida JSST rahbari yaqin oylarda koronavirus tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat nazoratga olinishini aytgan edi.
“Biz pandemiyani bir necha oy ichida nazorat ostiga olishimiz uchun vositalarga egamiz, agarki ularni izchil va mutanosib ravishda qoʻllasak”, degan edi oʻshanda u.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring