Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 63 milliondan oshdi

12:14 03 Dekabr 2020 Dunyo
871 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 63 million 360 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 475 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 64 million 508 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 492 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 13,385 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (9,499 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (6,335 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (2,347 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda Fransiya (2,191 milliondan ortiq).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер