Dunyoda “COVID-19”dan vafot etganlar soni 400 ming nafardan oshdi

20:13 07 Iyun 2020 Dunyo
1513 0

AQSHning Jons Hopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, butun dunyoda “COVID-19” infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etganlar soni 400 ming nafardan oshib ketgan.

AQSH hali ham COVID-19 sabab yuz bergan oʻlimlar soni boʻyicha dunyoda yetakchi boʻlib , mamlakatda 109,8 ming nafar bemor kasallik oqibatida hayotdan koʻz yumgan. Keyingi oʻrinlarda Buyuk Britaniya (29,1 mingta oʻlim holati), Braziliya (35,9 mingta), Italiya (33,8 mingta), Fransiya (29,1 mingta) bormoqda. Rossiyada 5,8 ming nafar kishi koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan va mamlakat bu borada 14-oʻrinni egallamoqda.

Butun dunyoda COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olganlarning umumiy soni 6,9 milliondan oshgan. Kasallanishlar soni boʻyicha ham AQSH yetakchilik qilmoqda, bu yerda 1,9 million nafar odam koronavirusga chalingan. Kuchli uchlikka Braziliya (672,8 ming nafar) va Rossiya (467 ming nafar) kirgan.

29-mayda JSST koronavirus infeksiyasidan vafot etgan bemorlar soni 350 ming nafardan oshganini maʼlum qilgan. 26-may kuni butun dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 5,5 milliondan oshgani, 31-mayda esa Yer yuzida COVID-19 bilan kasallanganlar soni 6 milliondan oshib ketgani xabar qilingandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер