Dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar 95,5 million nafardan oshdi

11:27 19 Yanvar 2021 Dunyo
758 0

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 95,5 million nafardan ortiqni tashkil etmoqda.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 93 million 805 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 026 mingdan ziyod kishi vafot etgan (18.01.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 22:38 holatiga koʻra). Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 588 325 yangi holati aniqlandi, 11 136 nafar bemor vafot yetdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (19.01.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 95 million 555 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 040 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 23,556 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (10,571 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (8,455 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (3,591 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Buyuk Britaniya (3,395 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 212 253, Hindistonda 13 788, Braziliyada 61 567, Rossiyada 22 857, Buyuk Britaniyada esa 38 598 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер