Dunyoda 2-oʻrin, Yevropada 1-oʻrin: Britaniyada koronavirusdan vafot etganlar soni oshdi

23:18 05 May 2020 Dunyo
1065 0

Foto: РИА Новости

Soʻnggi statistik maʼlumotlar Britaniyada koronavirusdan oʻlim koʻrsatkichlari Yevropa davlatlari orasida eng yuqori ekanini koʻrsatmoqda.

Britaniya milliy statistika idorasi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda koronavirusdan 32313 kishi vafot etgan. Bu esa Yevropada koronavirusdan oʻlimlar soni boʻyicha 1-oʻrinda turgan Italiyaning koʻrsatkichlaridan (29079 oʻlim) oshib ketgan.

Bu holat shuningdek Britaniya koronavirusdan oʻlimlar soni boʻyicha dunyoda AQSHdan keyin 2-oʻringa chiqqaniga ishora beradi.

Biroq taʼkidlab oʻtish joiz, koronavirus boʻyicha real vaqtda oxirgi koʻrsatkichlar bilan tanishtiruvchi worldometers.info/coronavirus/ sahifasi maʼlumotlariga koʻra, Britaniya ayni vaqtda koronavirusdan oʻlimlar soni boʻyicha (29,427 ta) dunyoda 4-oʻrinda turibdi.

Metro nashrining aniqlik kiritishicha, Britaniya milliy statistika idorasi mutaxassislari koronavirusdan nafaqat shifoxonalarda, balki ulardan tashqarida vafot etganlarni ham hisobga olishgan. Bunda, shuningdek, shifokorlar xulosasida vafot etgan bemorda virus borligi tasdiqlanmagan holda, unda faqatgina koronavirus borligi gumon qilingan holatlar ham hisobga olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер