Dunyo OAV Kim Chen In haqida. Bugunning eng baland ovozalari

01:53 26 Aprel 2020 Dunyo
3536 0

— Gʻarb ommaviy axborot vositalari KXDR yetakchisi vafot etgani haqidagi xabarlarni qayta-qayta berishmoqda. Nashrlar xitoylik jurnalistga, xitoylik jurnalist esa oʻzining “manbalari“ga tayanmoqda.

— Yaponiya OAVda yurak operatsiyasidan soʻng Kim Chen In “vegetativ holatda“ ekanligi xabar berilyapti, mamlakat esa uning oʻrniga singlisini lider sifatida tayyorlamoqda.

— yana Kim Chen In COVID-19ga chalingani haqidagi xabarlar ham bor, Xitoy esa Shimoliy Koreyaga bir guruh tibbiyotchi ekspertlarini yuborgan.

— KXDR markaziy televideniyesi esa davlati rahbari tirik ekanligiga aniq ishora qilgan

Yana nimalar maʼlum:

— Kim Chen In 15-aprel kuni bobosi Kim Ir Senning tugʻilgan kuni munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda ishtirok etmagan.

— KXDR parlamentining 12-apreldagi sessiyasi Kim Chen Insiz oʻtgan 

— Sunʼiy yoʻldoshdan olingan suratlarda Kim Chen Inga tegishli ekanligi taxmin qilinayotgan poyezd 21-apreldan buyon Shimoliy Koreya liderining Vonsandagi qarorgohi yaqinidagi stansiyada turibdi, deb xabar bergan Reuters.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер