Dunyo boʻylab kartoshka yetishtirish keskin oshirilmoqda

14:02 10 May 2024 Dunyo
491 0

Arxiv surat

2030-yilga borib kartoshkaning global miqyosda yetishtirilishi 50 foizga oʻsib, yiliga 750 million tonnaga yetishi kutilmoqda. U rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat xavfsizligi strategiyalarida hamon birinchi oʻrinda turibdi.

Har yili dunyo boʻylab 370 million tonnadan ortiq kartoshka yigʻib olinishini hisobga oladigan boʻlsak, uning naqadar birlamchi ehtiyojga aylanib borayotganini anglash qiyin emas. Hozirda dunyo aholisining uchdan ikki qismi uni isteʼmol qiladi.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, Xitoy kartoshka yetishtirish boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda, Hindiston esa ikkinchi oʻrinda turadi. Ukraina siyosiy vaziyatlarga qaramay uchinchi oʻrinda turibdi.

BMTning taʼkidlashicha, yetishtirilayotgan kartoshkaning ortib borayotgan hajmi juda koʻp miqdordagi suvni talab qiluvchi sholichilik muammosiga yechim boʻladi. Xitoy bu borada birinchilardan boʻlib sholi oʻrniga kartoshka hosilini oshirish dasturini ishlab chiqdi.

Ekspertlarning fikricha, kartoshka yetishtirishni kengaytirish tabiiy ravishda oziq-ovqat muammosini sezilarli kamaytirishga yordam beradi. Bu borada Nigeriya barqaror oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan kartoshka boʻyicha besh yillik strategik rejani tuzib chiqdi.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 2023-yil 3,6 million tonna kartoshka yetishtirilgan. Bu miqdor 2022-yilga nisbatan 3,8 foiz koʻpdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер