Dunyo boʻyicha koronavirusdan vafot etganlar soni 3,5 milliondan oshdi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 169 million 597 mingdan ortiqni tashkil etmoqda.
Shundan 3 million 530 mingdan ziyod kishi vafot etgan (30.05.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 15:36 holatiga koʻra).
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 469 996 yangi holati aniqlandi.
11 311 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (31.05.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 11:23 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 170 million 354 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 541 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:
AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 32,916 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
Ikkinchi oʻrinda Hindiston (27,894 milliondan ortiq),
uchinchi oʻrinda Braziliya (16,391 milliondan ortiq).
JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 25 091, Hindistonda 165 553, Braziliyada 49 768 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 1 milliard 866 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring