Dunyo boʻyicha koronavirus yuqtirganlar soni 194 milliondan oshdi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 194 million 080 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 4 million 162 mingdan ziyod kishi vafot etgan.
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 422 294 yangi holati aniqlandi.
4 162 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 194 million 723 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 million 167 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:
AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 34,223 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
Ikkinchi oʻrinda Hindiston (31,411 milliondan ortiq),
uchinchi oʻrinda Braziliya (19,670 milliondan ortiq),
toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (6,149 milliondan ortiq),
beshinchi oʻrinda esa Fransiya (5,871 milliondan ortiq).
Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 3 milliard 885 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring