Dunyo boʻyicha koronavirus yuqtirganlar soni 171 milliondan oshdi

13:11 04 Iyun 2021 Dunyo
881 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 171 million 292 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 3 million 687 mingdan ziyod kishi vafot etgan (03.06.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 17:18 holatiga koʻra).

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 471 828 yangi holati aniqlandi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (04.06.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 172 million 165 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 701 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:

AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 32,963 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.

Ikkinchi oʻrinda Hindiston (28,441 milliondan ortiq),

uchinchi oʻrinda Braziliya (16,624 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 20 641, Hindistonda 134 154, Braziliyada 78 926 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 2 milliard 011 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер