Dunyo aholisining qariyb yarmi ogʻiz boʻshligʻi kasalliklaridan aziyat chekmoqda — JSST
Foto: Illustrativ foto
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlum qilishicha, sayyoramiz aholisining 45 foizi, yaʼni 3,5 milliardga yaqin kishi tish, milk va boshqa ogʻiz boʻshligʻi xastaliklari bilan kurashmoqda.
Xususan, soʻnggi 30 yilda bemorlar soni bir milliard nafarga koʻpaygan.
Qayd etilishicha, mazkur kasalliklar orasida eng koʻp tarqalgani tish kariyesidir. Hozir u dunyo boʻyicha 2,5 milliardga yaqin odamda uchraydi.
Shuningdek, har yili qariyb 380 ming nafar bemorga ogʻiz boʻshligʻi saratoni tashxisi qoʻyilmoqda.
Hisobotda qayd etilishicha, Yer yuzi aholisiga stomatologik xizmat koʻrsatish yoʻnalishida muammo va toʻsiqlar talaygina. Ulardan eng asosiysi ushbu turdagi tibbiy xizmatlar narxi sezilarli darajada qimmatligidir.
Shundan kelib chiqib, JSST mazkur muammoni hal qilishga doir tavsiyalarni eʼlon qildi. Jumladan, ogʻiz boʻshligʻi kasalliklarini davolashda tibbiyotning birlamchi boʻgʻini imkoniyatlaridan kengroq foydalanish yaxshi natija berishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring