Dubay shahzodasi Oʻzbekistonda
Dubay shahzodasi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum Oʻzbekistonga kelgani aytilmoqda. Bu haqda shahzoda oʻzining Instagram sahifasida maʼlum qilgan.
Dubay amirligi taxt vorisi sahifasida qoʻygan fotosuratlaridan anglash mumkinki, u har doimgidek Navoiy shahridan 50 km. uzoqlikdagi BAAga qarashli tuvaloq asrash maskaniga borgan.
Maʼlumot uchun, Muhammad Ol Maktum 2020-yilda ham aynan oktyabr oyida Navoiy viloyatga kelgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring