DTM koronavirusga chalingan abituriyentlarga murojaat bilan chiqdi

20:11 10 Avgust 2021 Jamiyat
1604 0

Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlari toʻliq yakunlangandan soʻng 14 kun ichida koronavirusga chalinib, toʻliq sogʻaygan abituriyentlarga qayta test sinovi tashkil etiladi. Bu haqda DTM xabar berdi.

Mazkur test sinovida ishtirok etish uchun abituriyentlar yoki ularning vakillari yuqoridagi ariza shaklini toʻldirib, 16-avgustga qadar covid@dtm.uz elektron pochta manziliga yuborishlari kerak.

Bunda ariza bilan birga pasport nusxasi, “Abituriyent ruxsatnomasi” va abituriyent koronavirusga chalingani toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma ilova qilinishi lozim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер