Donald Trampga Eron bilan nizoni yakunlash variantlari taqdim etildi
Harbiy mulozimlar AQSH prezidenti Donald Trampga Eron bilan nizoni yakunlash ssenariylarini taqdim etdi, deb xabar bermoqda NBC News telekanali.
Manbalardan birining aytishicha, nizoning tugash muddatlari har kuni oʻzgarib turishi mumkin. Prezidentning ayrim maslahatchilari global iqtisodiy beqarorlikdan xavotir bildirayotgan boʻlsa, boshqalari mintaqada Eron rejimining taʼsirini zaiflashtirish imkoniyatini koʻrmoqda.
Avvalroq Donald Tramp harbiy harakatlar “tez orada tugashi” haqida gapirgan edi. Oʻz navbatida, Pentagon rahbari Pit Xegset harbiy nizoni “faqat boshlanishi” deb atagan.
Amerika yetakchisi Fox News telekanaliga bergan intervyusida nizo yakunlanadigan lahzani “butun vujudi bilan” his qilishini tushuntirib oʻtdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring