Dolzarb qonun loyihalari koʻrib chiqilmoqda

16:22 27 Dekabr 2022 Siyosat
742 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi oʻz ishini davom ettirmoqda. Majlisda deputatlar “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishdi.

Qonun loyihasi bilan chiqindilarni toʻplash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash faoliyati bilan shugʻillanuvchi ayrim soliq toʻlovchilarga 2026-yil 1-yanvarga qadar ushbu faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻini va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlashi belgilanmoqda.

Qizgʻin muhokamalardan soʻng, qonun loyihasi qabul qilindi.

Majlisda deputatlar “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda muhokama qilishdi.

Muhokama qilinayotgan qonun loyihasining qabul qilinishi soliq tizimini takomillashtirish, biznes muhitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер