Dollar va rubl kursi pastladi, yevro esa koʻtarildi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 20-avgust kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 17,07 soʻmga tushdi va 12 640,93 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi 38,13 soʻmga oshib, 13 949,27 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli 1,07 soʻmga tushib, 141,14 soʻmni tashkil qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring