Dollar kursi koʻtarilishda davom etmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 22-iyul kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 8,96 soʻmga oshdi va 12 610,04 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi 53,26 soʻmga tushib, 13 720,98 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli 0, 22 soʻmga pastlab, 143,28 soʻmni tashkil qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring