Doʻkonda QR kodli chek soʻragan bolaning yuziga tarsaki tushirgan sotuvchi qamaldi

19:30 22 Iyul 2024 Jamiyat
429 0

Foto: Videodan kadr

Avvalroq Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi doʻkonlarning birida sotuvchi QR kodli chek soʻragan bolaning yuziga tarsaki tushirgani haqida xabar berilgan edi. Bolalar ombudsmani erkakka nisbatan sud hukmi oʻqilganini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, holat boʻyicha doʻkon sotuvchisi З.А.га nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan ish qoʻzgʻatilgan.

Bugun, 22-iyul kuni jinoyat ishlari boʻyicha Guliston shahar sudi hukmi bilan unga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Aytish joiz, bundan avval Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev jabrlanuvchi bola bilan uchrashib, unga minnatdorchilik bildirgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер