Doimiy ochlik hissi paydo boʻlishining sababi maʼlum qilindi
Illyustrativ foto
Qon tarkibida qand miqdorining koʻpayishi odamda doimiy ochlik hissi paydo boʻlishiga olib keladi.
Xuddi shunday xulosa Buyuk Britaniya diyetologlar oʻzlari oʻtkazgan tadqiqot yakunida kelishdi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, organizmida qand miqdori oshgan odamlarning ovqatlanish oraligʻidagi tanaffuslari boshqalarga qaraganda ancha kam. Oʻrtacha ular qondagi shakar muammosi boʻlmagan odamlarga qaraganda 312 kaloriya koʻproq oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmol qiladilar.
Bunday odamlar hech qanday sababsiz ochlik hissini seza boshlaydi. Shu bilan birga, ular yiliga toʻqqiz kilogramm vazn qoʻshishi mumkin.
Olimlarning taʼkidlashlaricha, erkaklar qondagi qand miqdorining koʻtarilishidan ayollarga qaraganda koʻproq aziyat chekishadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring