DXMda nogironligi boʻlgan shaxslarga mos keluvchi lavozimlarda ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratiladi
“Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–57-son, 21.12.2021-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2022-yil 1-martgacha har bir hududda bittadan DXMda nogironlarning ularga mos keluvchi lavozimlarda (operator, konsultant, inspektor va boshqalar) ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
2022-yil 1-sentyabrgacha mazkur amaliyot barcha DXMda joriy qilinadi.
2022-yil 1-iyuldan Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nogironlarni qoʻllab-quvvatlovchi NTTlarga BHMning 200 baravari miqdorida ijtimoiy buyurtma mablagʻlari ajratiladi.
2022-yildan nogironlarni kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha grant miqdori kamida 2 baravarga oshiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring