DXXning sobiq binosi 210 mlrd soʻmga sotildi
Quyidagi yirik koʻchmas mulk obyektlarini xususiylashtirish jarayonlari boʻyicha Davlat tender komissiyasining qarori qabul qilindi.
Unga koʻra:
- Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buxoro va Nuroniylar koʻchalari kesishuvi manzilida joylashgan “Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi” binosi boʻyicha 78,0 milliard soʻm sotib olish narxi bilan – “Metro Plaza” MCHJ;
- Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib koʻchasi manzilida joylashgan «Ichan qalʼa» mehmonxona majmuasi boʻyicha 74,2 milliard soʻm sotib olish narxi bilan – “QUADRO IH DMCC” kompaniyasi;
- Toshkent shahri, Sayilgoh koʻchasi manzilida joylashgan sobiq “Markaziy bino” boʻyicha 210,0 milliard soʻm sotib olish narxi bilan – “METROPOL GROUP” MCHJ savdo gʻolibi, deb topildi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi savdo gʻoliblari bilan davlat aktivining sotilishi yuzasidan oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish ishlarini boshlaydi.
Shu bilan birga, “Poytaxt biznes majmuasi” MCHJ mulkiy majmuasi, “Malika” savdo va maishiy xizmat koʻrsatish majmuasi va “Qizil suv sport sogʻlomlashtirish” MCHJni xususiylashtirish jarayonlari davom etayotganligi maʼlum qilinadi.
Savdo jarayonlarining hozirgi bosqichi natijalari boʻyicha Davaktiv agentligi tomonidan barcha ishtirokchilarga rasmiy xabarnomalar yuboriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring