DXX tamagir muhandislarni ushladi

17:50 19 May 2023 Jamiyat
743 0

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filialining “Oʻrtachirchiqtumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi yetakchi muhandisi M.O. mahalliy MCHJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida belgilangan meʼyordan ortiq kompressor jihozlari oʻrnatilganligi uchun jarima rasmiylashtirmaslik evaziga 8 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, u mazkur pul mablagʻini “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filialining yetakchi muhandisi B.M. koʻrsatmasiga asosan olganligi aniqlanib, ushbu shaxs ham qoʻlga olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер