DXX kubogi musobaqasining Respublika bosqichi start oldi

13:47 18 Avgust 2025 Jamiyat
467 0

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati tomonidan anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “DXX kubogi” musobaqasining Respublika bosqichi oʻyinlari start oldi. Unda yigitlar oʻrtasida futbol va mini-futbol sport turlari, shuningdek, qizlar oʻrtasida mini-futbol boʻyicha musobaqalar tashkil etilmoqda.

Kecha, 17-avgust kuni turnirning guruh bosqichiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Qurʼa natijalari bilan quyidagi suratlar orqali tanishishingiz mumkin:

Bugun, 18-avgust kuni soat 08:00 dan yigitlar va qizlar oʻrtasida mini-futbol musobaqalarining 1-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kunning ikkinchi yarmida futbol boʻyicha bahslar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun, musobaqa 18-avgustdan 23-avgustga qadar boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер