DXX katta miqdordagi giyohvand moddalarni musodara qildi
DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan Toshkent viloyatining Bekobod tumani Xonobod MFY Shirinbuloq aholi yashash maskanida oʻtkazilgan tezkor qidiruv tadbiri davomida mahalliy fuqaro 1988-y.t. “Sh.A.”10 kg 130 gr. “opiy” va 19 kg 74 gr. «gashish» moddasi bilan ushlandi.
Aniqlanishicha, mazkur giyohvandlik moddasini unga tojikistonlik tanishi Oʻzbekiston - Tojikiston oʻrtasidagi chegara sim toʻsiqlari ostidan oʻtkazib bergan.
Muqaddam sudlangan “Sh.A.” ushbu ogʻuni Toshkent shahrida sotishni rejalashtirgan.
DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Boʻston tumani hududidagi YPX maskanida “Andijon-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan “Cobalt” rusumli avtomashina toʻxtatilib tekshirildi. Natijada, mashinada yoʻlovchi sifatida ketayotgan 1983-yilda Paxtaobod tumanida tugʻilgan “S.Yu.”ga tegishli boʻlgan sellofan paket ichidan 1 kg 446 gr. «gashish» moddasi topildi.
Aniqlanishicha, “S.Yu.” giyohvand moddani Qirgʻiziston Respublikasining Qora-suu shahrida yashovchi “Aziz” ismli shaxsdan olib, aylanma yoʻllar orqali Andijon viloyati hududiga olib oʻtgan va sotish maqsadida Toshkent shahriga ketayotgan boʻlgan.
1988-yilda Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanida tugʻilgan “O.Q.” mazkur tumanning Oltinsoy mahallasidan oʻtgan chegara simtoʻsiqlari ustidan qirgʻizistonlik shaxslar oʻtkazib bergan 978 gr. «gashish» moddasini qabul qilib olib, harakatlanayotgan vaqtida ushlandi.
“Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasining Andijon viloyati Xoʻjaobod tuman boʻlimi raisi 1969-yilad tugʻilgan “Sh.S.” va 1992-yilda tugʻilgan “A.Oʻ.” mazkur tumanning Manak qishlogʻining Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh shahri Suratosh qishlogʻi bilan chegaradosh hududidagi chegara simtoʻsiqlari orqali qirgʻizistonlik shaxsdan 971 gr. «gashish» giyohvandlik moddasini qabul qilib olib, chegaraoldi hududda harakatlanayotgan vaqtlarida DXX CHQ harbiy xizmatchilari tomonidan qoʻlga olindi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 10 kg 130 gr. “opiy” va 22 kg 469 gr. «gashish» giyohvand moddalari musodara qilindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring