DXX ikki nafar fuqaroni odam savdosi jinoyati qurboniga aylanishining oldini oldi

10:21 19 Dekabr 2025 Jamiyat
401 0

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida odam savdosiga qarshi kurash yoʻnalishida tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, 1998-yilda tugʻilgan fuqaro S.N. 2 nafar fuqaroni Tailand davlatiga fohishalik bilan shugʻullanish maqsadida yuborayotgan vaqtida Toshkent xalqaro aeroportida qoʻlga olingan.

Aniqlanishicha, ushbu jinoiy harakat hozirda Tailand davlatida boʻlgan, 2005-yilda tugʻilgan fuqaro F.A. tomonidan tashkillashtirilgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 2-qismi “b”, “g”, “ye”, “z” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер