Diyora Keldiyorova Ulan-Bator “Katta dubulgʻa” turniri sovrindori
Moʻgʻulistonda dzyudo boʻyicha Ulan-Bator “Katta dubulgʻa” turnirining birinchi kuni yakunlandi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi hisobiga bitta bronza medali yozib qoʻyildi.
-52 kg vazn toifasida kurashgan Diyora Keldiyorova shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi.
Yurtdoshimiz bronza medali uchun kechgan bellashuvda BAA vakili Xorlodoi Birsheltdan ustun keldi. Ushbu natija orqali sportchimiz jahon va Parij-2024 Olimpidasi reytingi uchun oʻz hisobiga 500 ochko yozib qoʻymoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring