Din ishlari boʻyicha qoʻmita xodimlari uchun navbatdagi malaka oshirish oʻquvlari boshlandi

08:39 18 Oktyabr 2023 Jamiyat
344 0

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tuman/shahar bosh mutaxassislari uchun navbatdagi malaka oshirish oʻquvlari boshlandi.

Mazkur oʻquvlardan koʻzlangan maqsad tinglovchilarning Oʻzbekistonda davlat va din munosabatlari, diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, radikallashuv va uning oldini olish masalalari, sogʻlom eʼtiqod va maʼrifiy islom asoslari, jaholatga qarshi maʼrifat gʻoyasini targʻib etish masalalari va fuqarolar bilan ishlash borasidagi bilim va koʻnikmalarini yanada takomillashtirishdan iborat.

Malaka oshirish oʻquvlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер