Diyetolog iyun oyida isteʼmol qilish kerak boʻlgan meva va rezavorlar haqida maʼlumot berdi

02:01 02 Iyun 2022 Dunyo
1616 0

Illyustrativ foto

Diyetolog Yelena Solomatina yozda ovqatlanish ratsioniga tabiiy ravishda pishgan mevalarni kiritish muhimligini aytib oʻtdi. Uning fikriga koʻra, iyun oyida qulupnay, gilos va qizil smorodinani koʻproq isteʼmol qilish kerak.

Mutaxassis tushuntirishicha, gilos buyrak va peshob yoʻllari bilan bogʻliq kasalliklar uchun foydali. Chunki u organizmdan siydik kislotasini chiqarib tashlash xususiyatiga ega. Bu esa buyraklar faoliyatini yaxshilaydi va toshlarning shakllanishini yoʻq qiladi.

“Smorodina shishishni oldini oladi va koʻz ostidagi qoplarni yoʻq qiladi”, deydi Solomatina.

Rezavorlar tanadan ortiqcha tuzlarni olib tashlaydi va tabiiy yalligʻlanishga qarshi vositalardir. Bundan tashqari, qizil smorodina temir bilan toʻyingan. Shu bois ular yurak va qon tomirlarining ishini yaxshilashga hissa qoʻshadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер