Deputat Toshkentdagi “tungi klub”larning qariyb yarmi Uchtepada joylashganini maʼlum qildi

10:29 29 Mart 2021 Jamiyat
1894 0

Uchtepa tumanida oʻrganishlar olib borayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi Muxtabar Husanova qurilish kasb-hunar kollejida tuman hokimi, xalq qabulxonasi mudiri, sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabul oʻtkazdi. Bu haqda partiya Axborot xizmati xabar berdi.

Qabulda mutasaddilar “tungi klub”lar faoliyatini milliy qadriyatlardan kelib chiqib tartibga solish boʻyicha bildirilgan taklifga alohida eʼtibor qaratdi. 

“Uchtepaliklar bejiz bu masalada bezovta boʻlayotgani yoʻq. Maʼlumotlarga qaraganda, mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan 200 ga yaqin «tungi klub”ning 40 tasi Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri keladi va ularning 19 tasi aynan Uchtepa tumanida joylashgan», dedi deputat Muxtabar Husanova.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер