Deputat murojaatida koʻrsatilgan shikoyatlar oʻz isbotini topdi
Mamlakatimizda davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish, aholining turmush darajasi sifati yaxshilash borasida isteʼmolchilardan kelib tushayotgan har bir murojaat tezkor va ijobiy hal etilmoqda.
Xususan, Jizzzax viloyati Forish tumani Xalq deputatlari Kengashi deputati S.Shakarovning murojaati “Oʻzenergoinspeksiya” Jizzax hududiy boʻlimi va “Jizzax HETK” AJ mutaxassislari ishtirokida joyida oʻrganib chiqildi.
Oʻrganish natijasida ushbu murojatda koʻrsatib oʻtilgan muammolar mavjudligi, yaʼni Forish tumani Kattasoy qishlogʻining aholi xonadonlari elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida dasturga kiritilgan ishlar oʻz muddatida amalga oshirilmaganligi aniqlandi.
Jumladan, temir-beton ustunlar markaziy omborxonadan olib kelinib qoʻyilgan boʻlishiga qaramasdan shu vaqtga qadar qurilmaganligi maʼlum boʻldi. Buning natijasida aholi xonadonlarning elektr taʼminotida kuchlanish pastligidan asosli norozi boʻlishini koʻrish mumkin.
Mazkur muammoni tezda hal etish maqsadida “Oʻzenergoinspeksiya” Jizzax hududiy boʻlimi tomonidan “Jizzax HETK” AJga Kattasoy qishlogʻida dasturga kiritilgan ishlarni tezkorlik bilan yakunlash boʻyicha yozma koʻrsatma berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring