Deputat “armiyadan qaytdi”

11:27 14 Yanvar 2025 Jamiyat
241 0

Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Vatan himoyachilari kuni bayram munosabati bilan Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi deputati Rustam Hayitov ham vatan himoyachisi sifatida Navoiy shahridagi harbiy qismda bir kun mehmon boʻldi. Askarlar bilan bir qozondan ovqatlanib, harbiy kun tartibi va intizomga qatʼiy rioya qildi.

— Yigitlik burchimni mustaqil Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari safida oʻtaganman, — deydi Rustam Hayitov. — Hayotimning eng joʻshqin davrlari baribir goh-gohida oʻziga tortib turadi. Albatta, oʻn besh yigirma yil oldingi harbiy xizmat va burchini oʻtayotgan yigitlarni bugungisi solishtirib boʻlmaydi. Askarlar bilan suhbatlashganimda ilmli, zukko, dunyoqarashi keng, turli yoʻnalishlarda qobiliyatli va talantli, maʼnaviy yetuk, jismoniy sogʻlom, katta maqsadlar qoʻyib, vatanga xizmat qilaman degan haqiqiy mard oʻgʻlonlar borligini guvohi boʻldim

Rustam Hayitov tengqurlari qatori bugun Navoiyda fuqarolik turmushining tashvish va quvonchlari bilan band. Katta bir oilaning sohibi sifatida farzandlari ulgʻayib, orzulari birin-sirin roʻyobga chiqayotganini mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalik barqarorligining samarasi deb biladi. Bir ota va vakillik organi vakili sifatida bir harbiy xizmatda boʻlib, Qurolli kuchlarimiz safida yigitlik burchini oʻtayotgan yoshlarimiz jismoniy yetuklik bilan birga, hayotga tiyran nigoh tashlash, masʼuliyat hamda maʼnaviy va siyosiy ziyraklik kabi koʻnikmalarni ham oʻzlashtirayotganligidan koʻngli toʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер