Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etildi
Illyustrativ foto
“Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, Termiz davlat universiteti Denov filiali negizida Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etildi.
Institut yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanib, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimiga kiradi.
Institutning taʼlim faoliyati 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi.
Qarorga koʻra, institut professor oʻqituvchilari va xodimlariga mehnatga haq toʻlashda tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 1,5 baravar miqdorda hisoblanadi.
Qaror bilan institut Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi.
Samarqand davlat universiteti zimmasiga institutni otaliqqa olish vazifasi yuklandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring