Dembele “Al-Ittifoq” klubiga o‘tdi

13:08 26 Iyul 2023 Sport
1075 0

“Lion”ning sobiq hujumchisi Mussa Dembele erkin agent sifatida "Al Ittifoq"ga o‘tdi. Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 27 yoshli fransiyalik futbolchi Saudiya Arabistoni klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolagan. Kun davomida Dembele Xorvatiyadagi yig‘inda jamoaga qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda “Al-Ittifoq” klubiga Liverpulning sobiq futbolchisi, «Aston Villa va “Reynjers” sobiq bosh murabbiyi Stiven Jerrard bosh murabbiy etib tayinlangandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер