Dekabrda Oʻzbekiston YEOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini oladi
Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vazirligi departament direktori Mixail Anisimov maʼlum qildi, deb xabar berdi Sputnik.
Maʼlumki, joriy yil yanvar oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev respublikaning ittifoqda ishtirok etish masalasi parlamentda har tomonlama oʻrganib chiqish kerakligi haqida aytib oʻtgandi.
Mart oyi boshida Vazirlar Mahkamasi parlamentning ikkala palatasiga mamlakatning YEOIIdagi kuzatuvchisi sifatida ishtirok etishi toʻgʻrisidagi taklif kiritishga qaror qildi. Aprel oyi oxirida parlamentning qonun chiqaruvchi palatasi, may oyida Senat koʻpchilik ovoz bilan Oʻzbekistonning ittifoqdagi kuzatuvchi-davlat sifatida qatnashishini maʼqullagandi.
«Dekabr oyida Oʻzbekistonga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida rasman kuzatuvchi maqomi beriladi», — dedi Anisimov «Rossiya-Oʻzbekiston sanoat muloqoti: yangi loyihalar va sherikchilik» onlayn-konferensiyasida.
Anisimovning fikriga koʻra, Oʻzbekistonning va YEOII davlatlari bilan hamkorlik yangi formatda impuls va rivojlanish oladi.
Maʼlumot uchun, YEOII 2015-yil 1-yanvardan boshlab faoliyat koʻrsatib kelayotgan integratsiya birlashmasi boʻlib, unga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston aʼzo hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring