Dekabr oyining sovuq kunlarida mahalliy qozonxonalar ehtiyojlari uchun 31 ta generator oʻrnatildi

18:12 15 Dekabr 2023 Jamiyat
472 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi bosh muhandis oʻrinbosari Ikrom Isoqov maʼlum qildi.

Bugun Veolia Energy Tashkent kompaniyasi tomonidan elektr taʼminotida uzilish yuz bergan Olmazor tumanidagi 1 va 111-maktablarni issiqlik bilan taʼminlovchi mahalliy qozonxonalarga umumiy quvvati 210 kVt boʻlgan 2 ta generator oʻrnatildi.

Har bir kompaniyaning tuman boʻlimida elektr taʼminoti uzilib qolganda tezkor harakat qilish uchun zaxira generatori xam mavjud.

Kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish va aholini murojatlarini tezkorlik bilan bartaraf qilish uchun xar bir tumanda Veolia Energy Tashkent dispetcherlik taʼminoti va sozlash boshqarmasi (DTSB) xam faoliyat yuritmoqda.

Avariya xolatlarini tezkorlik bilan bartaraf qilish uchun 264 hodimdan iborat 22 avariya tiklov guruxlari va 74 maxsus texnika faoliyat olib borishmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер