Dehqonobodda ham suv ombori qurilmoqda

18:14 14 May 2020 Jamiyat
1564 0

Dehqonobod hokimi Zoir Aliqulov tumandagi suv ombor qurilishi bilan tanishib, ishchilar uchun yaratilgan shart-sharoitni, karantin talablariga qay darajada amal qilinayotganini koʻzdan kechirdi.

“Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 30-dekabrdagi qaroriga asosan, ushbu suv omborining foydalanish hajmini oshirish ishlari 2017-yilgi manzilli dasturga kiritilgan, — deydi tuman hokimi oʻrinbosari Sohib Samadov. – Shu asosda tender savdolari oʻtkazilib, unda gʻolib deb topilgan “Yakkabogʻ Qoʻrgʻoni“ korxonasi qurilish ishlarini bajarmoqda”.

240 gektardan ortiq maydonni egallagan suv ombori hududida uzunligi 850 metr, balandligi 36,2 metr hajmdagi suv toʻgʻoni qurish, taʼmirlash, koʻprik barpo etish va boshqa ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, uning quvvatini yana-da oshirish borasida ishlar davom ettirilishi koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер