Davlatimiz rahbari 2024-yildan boshlab hududlarda IT xizmatlarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratilishini eʼlon qildi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
Davlatimiz rahbari 2024-yildan boshlab hududlarda IT xizmatlarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratilishini eʼlon qildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. Bunda:
- IT kompaniyalari hududlardagi boʻsh turgan binolarga bir yil muddatga bepul joylashtiriladi;
- iqtidorli dasturchilarga bir yil ichida boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan kompyuter va texnikalar beriladi;
- 50 dan ortiq IT mutaxassisini ishli qilgan kompaniyalarning bir yil davomidagi ish haqi xarajatini 15 foizgacha qismi qoplab beriladi;
- eksportchi korxonalarga chetdan ekspert jalb qilish, xalqaro konferensiyalarda qatnashish xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.
Bu maqsadlarga kelgusi yilda 65 milliard soʻm ajratiladi.
Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi IT parkni xalqaro miqyosga olib chiqish uchun kelgusi yilda Germaniya va Saudiya Arabistonida uning shoʻba korxonalarini ochadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring