Davlat personallashtirish markazida texnik ishlar olib borilmoqda
Bilimni baholash agentligining abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish tizimi Davlat personallashtirish markazi bilan integratsiya qilingan boʻlib, abituriyentlarning pasport maʼlumotlarni Davlat personallashtirish markazidan olinadi.
Buning uchun abituriyent roʻyxatdan oʻtish vaqtida shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini dasturga kiritganda, mazkur maʼlumotlar asosida Davlat personallashtirish markaziga soʻrov yuborilib, abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, rasmi kabi maʼlumotlar Davlat personallashtirish markazining bazasidan real vaqtda olinadi.
Hozirda Davlat personallashtirish markazi bazasi ishlamayotganligi sababli, my.uzbmb.uz saytida uzilishlar yuzaga kelmoqda.
Ayni vaqtda Davlat personallashtirish markazi tomonidan mazkur muammoni bartaraf etish boʻyicha tegishli ishlar olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring