Davlat organlari rahbarlarini shaxsiy javobgarligini baholash tizimi joriy etiladi

20:30 28 Oktyabr 2020 Hujjatlar
1028 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Ushbu farmon bilan yashirin iqtisodiyotga taʼsir qiluvchi omil sifatida korrupsiya qisqartiriladi.

1) Xalq taʼlimi vazirligi, Transport vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Hududgaztaʼminot”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyatlari tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini kuchaytirishga qaratilgan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha samarali ichki nazorat (komplayens-nazorat) tizimini joriy qilish.

2) Markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini majburiy oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

3) Davlat organlarida, shu jumladan hududlarda korrupsiya darajasini reyting baholash metodikasini ishlab chiqish, shuningdek, reyting natijalarini davriy eʼlon qilish hamda rahbarlarining shaxsiy javobgarligini baholash tizimini joriy qilish.

Ushbu reyting davlat organlari faoliyatida korrupsiya koʻrinishlari mavjudligi xatarini tahlil qilish asosida korrupsiyaga eng moyil boʻlgan idoralar monitoringini amalga oshirish imkonini beradi. Shuningdek, rahbarlarning shaxsiy javobgarligini baholash va eʼlon qilish ularning masʼuliyatini oshiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер